Kunlik topshiriq: har kuni 5 ta yangi savol

Har kuni ertalab hamma uchun bir xil 5 ta savol chiqadi. Bitta urinish, kim ko'proq to'g'ri va tezroq javob bersa — o'sha reytingda yuqorida. Miyangizni har kuni 2 daqiqa mashq qildiring.

Bugungi topshiriqni bajarish

Bepul · Telegram'da (@TopIQUzBot)

Har kuni 5 ta soha — har biridan bitta savol

Mantiq

Ketma-ketlik va qoidani topish

Fazoviy tasavvur

Shakllarni aylantirish va tasavvur qilish

Sonli fikrlash

Sonlar orasidagi bog'liqlik

Xotira

Rasmni eslab qolish va javob berish

Diqqat

Tez va aniq farqlash

Savollar osondan qiyinga qarab joylashgan. Har bir savolga vaqt cheklangan va soat serverda yuradi — ilovani yopib qaytsangiz ham vaqt to'xtamaydi. Xotira savolida avval rasm bir necha soniya ko'rsatiladi, keyin u yopilib savol beriladi.

Reyting va seriya qanday ishlaydi?

  • Bitta urinish. Har kunning topshirig'ini faqat bir marta bajarish mumkin — shuning uchun reyting adolatli.
  • Reyting tartibi. Avval to'g'ri javoblar soni, teng bo'lsa — umumiy sarflangan vaqt kamroq bo'lgan yuqorida.
  • Bugun · Hafta · Umumiy. Kunlik reytingdan tashqari haftalik (dushanbadan boshlab) va umumiy reyting ham bor: ular to'g'ri javoblar yig'indisi bo'yicha tuziladi.
  • 🔥 Seriya. Ketma-ket necha kun bajarganingiz hisoblanadi. Bir kun o'tkazib yuborsangiz, seriya noldan boshlanadi.
  • Eslatmalar. Bot har kuni ertalab soat 10:00 da (Toshkent vaqti) yangi topshiriq tayyorligini, kechqurun esa seriyangiz uzilay deb turganini eslatadi.

Nega har kuni mashq qilish kerak?

Qisqa, lekin muntazam aqliy mashq — mantiqiy fikrlash, ishchi xotira va diqqatni charxlashning eng oson yo'li. Kunlik topshiriq 2–3 daqiqa vaqt oladi, har kuni boshqa savollar chiqadi va natijangizni minglab boshqa ishtirokchilar bilan solishtirish mumkin. To'liq IQ darajangizni bilmoqchi bo'lsangiz, IQ testni topshiring.