IQ Battle: 1 ga 1 aql bellashuvi

Kim aqlliroq — siz yoki do'stingiz? Battle'da ikki o'yinchi bir vaqtda bir xil IQ savollarga javob beradi. Kim ko'proq to'g'ri va tezroq javob bersa, o'sha g'olib.

Battle'ni boshlash

Telegram'da o'ynaladi (@TopIQUzBot)

O'yin qoidalari

7 ta savol

Ikkala o'yinchiga bir xil savollar, bir vaqtda.

20 soniya

Har bir savolga javob berish vaqti.

100 + 50 ball

To'g'ri javob — 100 ball, tez javob uchun yana 50 gacha bonus.

Liga ochkolari

G'alaba — 3, durang — 1, mag'lubiyat — 0 ochko.

Kim bilan o'ynash mumkin?

  • ⚡ Tasodifiy raqib. Bir tugma — va tizim sizga onlayn raqib topadi.
  • 👥 Do'stingiz bilan. Telegram kontaktlaringizdan do'stingizni taklif qiling: u qo'shilguncha lobbi kutib turadi, o'yindan keyin revansh o'ynash mumkin.
  • 🏟️ Guruhda (2–10 kishi). Botni Telegram guruhingizga qo'shing va /battle yozing — guruhdagilar bir vaqtda o'ynaydi, natijalar shu guruhda e'lon qilinadi.

Liga va limitlar

Har bir o'yin liga ochkolarini beradi va Battle reytingida o'rningizni belgilaydi. Bir xil ikki o'yinchi kuniga ko'pi bilan 3 ta o'yindan ochko oladi — bu ikkinchi akkaunt bilan ochko yig'ishning oldini oladi. Bepul rejada haftasiga 1 ta o'yin, Premium bilan kuniga 20 tagacha o'yin o'ynash mumkin.