Pul qaytarish siyosati
Oxirgi yangilanish: 2-sentabr, 2026
Qisqacha
- To'lovdan keyingi 14 kun ichida so'rasangiz — pulni to'liq qaytaramiz.
- Obunani istalgan vaqtda bekor qilish mumkin; to'langan davr oxirigacha Premium ishlaydi.
- So'rov uchun sabab tushuntirish shart emas.
1. Nimaga taalluqli
Ushbu siyosat TopIQ (https://topiq.uz) platformasidagi Premium obuna to'lovlariga taalluqli. Bepul rejadan foydalanishda hech qanday to'lov olinmaydi.
2. Pulni qaytarish shartlari
- To'lov amalga oshirilgan kundan boshlab 14 kun ichida murojaat qilsangiz, summa to'liq qaytariladi.
- 14 kundan keyin: agar xizmat texnik sabablarga ko'ra ishlamagan bo'lsa yoki to'lov xato/ruxsatsiz amalga oshirilgan bo'lsa, holatni ko'rib chiqamiz va qoplab beramiz.
- Obuna avtomatik yangilangani sezilmay qolgan bo'lsa — yangilanishdan keyingi 14 kun ichida yozing, o'sha davr uchun pulni qaytaramiz.
3. Qaytarish rad etilishi mumkin bo'lgan holatlar
- Shartlar buzilgani uchun hisob bloklangan bo'lsa (masalan, testlarni soxtalashtirish yoki materiallarni tarqatish).
- Qaytarish tizimidan takroran suiiste'mol qilinganda (bir necha marta sotib olib qaytarish).
4. Qanday so'rash kerak
- topiq@gmail.com ga xat yozing.
- Xatda: hisobingiz elektron pochtasi va to'lov sanasi (yoki Paddle chekidagi raqam) bo'lsin.
- So'rovni 1 ish kuni ichida ko'rib chiqamiz va javob beramiz.
Xohlasangiz, to'lovni amalga oshirgan Paddle'ga to'g'ridan-to'g'ri ham murojaat qilishingiz mumkin — chekdagi havola orqali.
5. Pul qachon qaytadi
Qaytarish Paddle.com Market Ltd orqali, dastlabki to'lov usuliga (o'sha kartaga) amalga oshiriladi. Odatda 5–10 ish kuni ichida hisobingizda ko'rinadi — aniq muddat bankingizga bog'liq. Qaytarilgan to'lovda Premium darhol o'chadi va hisobingiz bepul rejaga qaytadi.
6. Obunani bekor qilish
Bekor qilish — pulni qaytarishdan alohida narsa: bekor qilsangiz keyingi to'lov olinmaydi, lekin allaqachon to'langan davr oxirigacha Premium ishlaydi.
- Profilingizga kiring → "Obunani boshqarish" tugmasi.
- Ochilgan Paddle sahifasida obunani bekor qilasiz yoki kartani almashtirasiz.
- Muddat tugagach hisob avtomatik bepul rejaga o'tadi — hech narsa qilish shart emas.
Bekor qilgandan keyin ham natijalaringiz, sertifikatlaringiz va reytingdagi o'rningiz saqlanadi.
7. Bog'lanish
topiq@gmail.com · TopIQ, Toshkent shahar, O'zbekiston
Refund policy (English)
- Full refund on request within 14 days of payment — no reason required.
- After that window we still refund payments that were charged in error, unauthorised, or where the service did not work.
- Refunds are issued through Paddle.com Market Ltd to the original payment method, typically within 5–10 business days. Premium access ends when a refund is issued.
- Cancelling is separate from refunding: cancel any time from your profile ("Obunani boshqarish" → Paddle customer portal). Access continues until the end of the paid period and no further charges are taken.
- Requests: topiq@gmail.com — answered within 1 business day.